Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Pop tumani eksportyorlari tomonidan xorijiy davlatlarga qiymati 36,5 mln. AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.
O'sish sur'ati 2023- ylning mos davriga nisbatan 564,8 %ga yetgan. Eksport tarkibida katta ulushni sanoat, meva-sabzavot va poliz mahsulotlari tashkil etgan. Viloyat eksportida mazkur hududning qo'shgan hissasi 12,0 %ga to'g'ri kelmoqda.