06/08/2024

Joriy yilning 6- avgust kuni Namangan viloyati Statistika boshqarmasida "STATA MP 18.0 dasturining imkoniyatlari va funksiyalarini o‘rganish" mavzusida amaliy o‘quv seminari tashkil etildi. Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati va xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Statistika boshqarmasining "Raqamlashtirish va ma`lumotlarni saqlash markazi" mutaxassislari tomonidan  STATA MP 18.0 dasturining imkoniyatlari, dasturlar paketi va ish jarayonida qo'llaniladigan buyruqlar ketma-ketligi haqida batafsil tushunchalar berildi.

Seminar davomida STATA MP 18.0 dasturi yordamida statistik hisobotlar tayyorlash oson hamda qulay ekanligi, dasturning boshqa foydali jihatlari va uning interfeysi haqida batafsil tushunchalar berildi.

O‘quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.