12/08/2024

2024- yil 12-avgustdan 19-avgust kunlarida quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:

18-avgust

12-moliya shakli Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida hisobot

Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari, banklar, sug‘urta tashkilotlaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari

Eslatma: Statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish ma’muriy jarima solishga sabab bo‘ladi (O‘zR MJTK 215-modda).