2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida 1 540,9 mlrd so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 98,1 % ni tashkil etgan. Hududlar kesimida yuqori ulushni 68,1 % bilan Namangan shahri qayd etilgan.
Moliyaviy xizmatlar tarkibi, %da
Sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlar - 93,3 %,
Sug‘urta bo‘yicha xizmatlar - 4,8 %,
Yordamchi moliyaviy faoliyat - 1,9 %ni tashkil etgan.