Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlarga qiymati 5,9 mln. AQSH dollari qiymatidagi nooziq-ovqat (xomashyo, yoqilgʻidan tashqari) mahsulotlari eksportini amalga oshirgan bo'lib, bu 2023- yilning mos davriga nisbatan 1,6 mln. AQSH dollariga ko'paydi. Umumiy eksport hajmida nooziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 1,9 %ni tashkil etgan.