20/08/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Pop tumanining tashqi savdo aylanmasi 44,5 mln AQSH dollarini tashkil etib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 274,5 %ga yetgan. Savdo aylanmasida eksport hajmi 36,5 mln AQSH dollarini, import hajmi esa 8,0 mln AQSH dollarini tashkil etgan. Viloyat bo'yicha tashqi savdo aylanmasida Pop tumanining qo'shgan ulushi 6,8 %ga to'g'ri kelmoqda.