20/08/2024

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida To‘raqo‘rg‘on tumani eksportyorlari tomonidan xorijiy davlatlarga qiymati 30,6 mln. AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.

O'sish sur'ati 2023- ylning mos davriga nisbatan 114,4 %ga yetgan. Eksport tarkibida katta ulushni sanoat, meva-sabzavot va poliz mahsulotlari tashkil etgan.

Viloyat eksportida mazkur hududning qo'shgan hissasi 8,7 %ga to'g'ri kelmoqda.