2024- yilning yanvar-iyun oylarida Kososnsoy tumanida 487,9 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 109,2 %ni tashkil etdi.
Viloyat bo'yicha ko'rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida Kososnsoy tumanining qo'shgan hissasi 4,9 %ga to'g'ri kelmoqda. Iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha eng ko'p xizmatlar savdo, transport va moliyaviy sohalarda ko'rsatilgan.