2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida 1 trln 861,5 mlrd so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish surati 2023- yilning mos davriga nisbatan 119,1 foizga yetgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p transport xizmatlari Namangan shahrida 682,4 mlrd so‘mni, Chust tumanida 157,3 mlrd so‘mni hamda Pop tumanida 153,0 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Shuningdek, viloyat bo‘yicha bozor xizmatlari tarkibida transport xizmatlarining qo‘shgan hissasi 18,6 % ga to‘g‘ri kelmoqda.