23/08/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Mingbuloq tumanining tashqi savdo aylanmasi 4,7 mln AQSH dollarini tashkil etib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 62,7 %ga yetgan. Savdo aylanmasida eksport hajmi 2,9 mln AQSH dollarini, import hajmi esa 1,8 mln AQSH dollarini tashkil etgan. Viloyat bo'yicha tashqi savdo aylanmasida Mingbuloq tumanining qo'shgan ulushi 0,9 %ga to'g'ri kelmoqda.