2024- yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlarga qiymati 318,2 mln.AQSH dollarilik tovar va xizmatlar eksportini amalga oshirgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 1,9 mln.AQSH dollariga ko‘paydi.
Eksport tarkibida katta ulushni sanoat tovarlari 50,5 % hamda oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlari 13,9 % qayd etilan.
Viloyat eksportida yuqori ulushga ega davlatlar;
Rossiya – 66,9 %,
Xitoy – 7,0 %,
Turkiya – 4,1 %,
Qozog‘iston – 4,0 %,
Germaniya – 2,4 %ni tashkil etdi.
Ma’lumot o‘rnida, Namangan viloyati o‘tgan 7 oyda 52 ta davlatga tovar va xizmatlar eksportini amalga oshirgan.