Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 3 483,7 ming tonna koʻmir qazib olingan.
Mazkur ishlab chiqarish hajmi 2023- yilning tegishli davriga nisbatan solishtirilganda 12,4 % ga oshgan.
2024- yilning iyul oyida yirik korxonalar tomonidan 844,7 ming tonna koʻmir qazib olingan.