2024- yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyatida 3 trln 567,4 mlrd so‘mlik savdo xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish surati 2023- yilning mos davriga nisbatan 111,8 foizga yetgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p savdo xizmatlari Namangan shahrida 1 147,9 mlrd so‘mni, To‘raqo‘rg‘on tumanida 271,3 mlrd so‘mni hamda Chortoq tumanida 248,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Shuningdek, viloyat bo‘yicha bozor xizmatlari tarkibida savdo xizmatlarining qo‘shgan hissasi 30,3 % ga to‘g‘ri kelmoqda.