27/08/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatining yalpi hududiy mahsulot hajmi 23,4 trln so‘mni tashkil etib, shundan 68,0 %i kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlarining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha.

🔸ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi – 5,8 trln so‘m
🔸bajarilgan qurilish ishlari hajmi – 3,3 trln so‘m
🔸asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi – 12,5 trln so‘m
🔸ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi – 6,6 trln so‘m
🔸chakana savdo tovar aylanmasi hajmi – 9,1 trln so‘m
🔸qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining hajmi – 11,4 trln so‘m
🔸eksport – 135,7 mln AQSH dollari
🔸import – 214,0 mln AQSH dollari
🔸yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni – 2 190 ta