2024- yilning 1- avgust holatiga Namangan viloyatida 4551 ta sanoat korxonalari faloiyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-iyul oylarida 14 trln. 872,6 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
O‘sish sur’ati 2023 yilning mos davriga nisbatan 108,6 %ga yetgan.
O‘tgan 7 oyda sanoat korxonalari tomonidan 26,9 ming tonna paxtadan yigirilgan ip, 7,2 ming tonna tozalangan o‘simlik yog‘i, 21,1 ming tonna yumshoq bo‘g‘doy uni, 740,1 ming tonna portlandsement va 162,5 ming dona trikotaj kiyimlar ishlab chiqarilgan.