27/08/2024

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyatida amalga oshirilgan qurilish va bunyodkorlik ishlari hajmi 4,2 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 107,2 % ga yetgan.

Shundan, 74,4 % yoki 3,1 tln. so‘mlik qurilish ishlari iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

Yangi qurilish ishlarida kichik tadbirkorlikning ulushi 55,1 ga yoki 1,7 trln so‘mga to‘g‘ri kelgan.