2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 6 962,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 3,3 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 30,3 %ni tashkil etdi.