2024- yilning yanvar-iyul oylarida Namangan shahrinining tashqi savdo aylanmasi 315,0 mln AQSH dollarini tashkil etib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 92,9 %ga yetgan. Savdo aylanmasida eksport hajmi 101,6 mln AQSH dollarini, import hajmi esa 213,4 mln AQSH dollarini tashkil etgan. Viloyat bo'yicha tashqi savdo aylanmasida mazkur hududning qo'shgan ulushi 43,9 %ga to'g'ri kelmoqda.