2024-yil yanvar-iyul oylarida Namangan viloyatida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 2 575,7 mlrd so‘mni, jami sanoat mahsulotlari hajmining 17,3 % ini tashkil etdi.
2024-yilning yanvar-iyul oylarida sanoatning mazkur tarmog‘ida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, bug‘ bilan ta’minlash tizimlari va havoni konditsiyalashning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 898,3 mlrd so‘mga ko'payganligi kuzatildi.