05/07/2024

Joriy yilning 5- iyul kuni Namangan viloyati Statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan Oʻzbekiston  Respublikasi Prezidentining 26.02.2024- yildagi “Soliqqa oid ayrim huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini maqbullashtirish toʻgʻrisida” PF-39-son Farmoni haqida tushuncha berildi. 

Ushbu Farmon 2023-yil 18-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʻminlash, shuningdek, soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikni liberallashtirish maqsadida qabul qilinganligini aytib, unga koʻra fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarima miqdorini huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilganda — realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi, huquqbuzarlik moliyaviy jarima qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda — realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 foizi miqdorida qoʻllanilishini aytib oʻtdi.

Shuningdek, mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun qoʻllanilgan moliyaviy jarimalar boʻyicha mavjud qarzdorlikning 98 foizi hisobdan chiqarilishini va hisobdan chiqarilgan qarzdorlikni undirish bilan bogʻliq sud va ijro ishlari tugatilishini yigʻilish qatnashchilariga tushuntirdi.
Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.