12/07/2024

Joriy yilning 12- iyul kuni Namangan viloyati Statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan Oʻzbekiston  Respublikasi Prezidentining 10.07.2024- yildagi “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik tadbirkorlik subyektlari ishtirokini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-249-son Qarori haqida tushuncha berildi.

Ushbu qarorga koʻra, 2024-yil 1-sentabrdan boshlab elektron doʻkon vositasida davlat xaridlarini amalga oshirishda narx va boshqa sharoitlar teng boʻlgan hollarda, nogironligi boʻlgan shaxslar, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini taʻminlagan kichik tadbirkorlik subyektlarining takliflari ustunlikka ega boʻlishi belgilanganligini, joriy yil 1-sentabrdan 2025-yil 31-dekabrga qadar “Biznesni rivojlantirish banki” ATB huzuridagi kichik biznesga koʻmaklashish markazlari yordamida ishlab chiqilgan loyihalar doirasida import qilinadigan asbob-uskunalarni sugʻurtalash hamda xomashyo va materiallarni sertifikatlash xarajatlarining 50 foizigacha qismini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan oshmagan miqdorda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibi joriy etilishini belgilanganligini aytdi.

Bundan tashqari, har yil yakuni boʻyicha keyingi yilning 1-apreliga qadar davlat xaridlari sohasida “Eng faol tadbirkor” hamda “Eng yaxshi buyurtmachi” tanlovlarini oʻtkazib borilishi tushuntirib oʻtildi.
Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.