06/09/2024

2024-yilning yanvar-iyun oylarida YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,3 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 30,3 %), sanoatda – 109,8 % (18,6 %), qurilishda – 108,1 % (6,7 %), xizmatlar sohasida – 108,8 % ni (44,4 %) tashkil etdi. Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 111,5 % (8,3 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 118,3 % (6,2 %), boshqa xizmat tarmoqlarida 106,1 % dan (29,9 %) iborat bo‘ldi.