09/09/2024

O‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o'zbekona sharm-hayo me'yorlarini targ'ib qilish, o'zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida joriy yilning 9-14- sentabr kunlari ikkinchi bosqichda respublikamiz bo'ylab “Xonatlas 2024” milliy festivali bo'lib o'tmoqda.

Yurtimizdagi turli tashkilot, idora va oʻquv maskanlarida xotin-qizlar qadriyatlarimizni eʼzozlagan holda xon atlas kabi milliy liboslarimizni kiyib, festival maqsadlarini qoʻllab-quvvatlashadi.

Mazkur festivalda Namangan viloyati statistika boshqarmasi xotin-qizlari ham munosib hissa qo‘shib, go’zal milliy liboslar bilan kiyinishda milliylik va zamonaviylik uyg‘unligini kreativ tarzda namoyon etishdi.

Ta’kidlash lozimki, bu kabi festivallarning oʻtkazilishi milliy qadriyatlarimizning yosh avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.