06/09/2024

Joriy yilning 6- sentabr kuni Namangan viloyati Statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.08.2024-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-132-son Farmoni mazmun-mohiyati haqida tushuncha berildi.

Ushbu Farmon bilan 2024- yilning 1- noyabrdan davlat dasturlari asosida kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga barcha tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari jalb qilinishi, kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan 100 million so‘mgacha garovsiz mikrokredit miqdorini 300 million so‘mgacha oshirishga ruxsat etilishi belgilanganligini, 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytirilganligini, 2024-yil 1-oktabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini, 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga 2028-yil 1-yanvarga qadar har oyning 25 sanasiga qadar to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini quyidagi miqdorlarda respublika budjetidan qaytarilishi haqida xodimlarga to‘liq ma’lumotlar berib o‘tildi.

Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.