09/09/2024

Joriy yilning 9- sentabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o'rinbosari B. Xoliqov, Narxlar statistikasi boʻlimi xodimlari hamda hududiy statistika bo‘limi narx registratorlari ishtirokida narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Vebinarda xodimlarga narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi.

Shuningdek, narx kuzatuvlarini oʻz vaqtida sifatli oʻtkazish tartibi boʻyicha misollar bilan koʻrsatildi hamda xodimlarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.