2024-yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 330,8 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Shundan, eksport hajmi 236,5 mln. AQSH dollari, import hajmi esa 94,3 mln. AQSH dollariga yetdi.
Shuni takidlash lozimki, YEOIIning aʼzo davlatlari (Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iz Respublikasi) o‘rtasida tovarlar va xizmatlar harakati, migrantlar harakatlanishi va kapital harakatining erkinligi taʼminlangan bo‘lib, yagona bojxona tizimiga ega bo‘lgan umumiy iqtisodiy hudud shakllantirilgan.