2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 401,9 ming tonna donli ekinlar yetishtirilgan bo‘lib, 2023- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 2,4 % ga ko‘paygan.
Jami don ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, jami don ishlab chiqarish umumiy hajmidan 85,3 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, hududlar bo‘yicha don mahsulotlari yetishtirishda Pop, Uchqo‘rg‘on hamda Mingbuloq tumanlari yetakchilik qilmoqda.