11/09/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylarida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 135,7 million AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 44,6 % ini tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Yangiqo‘rg‘on, Norin, Mingbuloq tumanlarida – 100,0 %, Chortoq tumanida – 82,1 %, Uychi tumanida – 61,9 %, Namangan shahrida – 59,4 %, Namangan tumanida – 54,1 % ni tashkil qildi.

Eng past ko‘rsatkich Uchqo‘rg‘on tumanida – 6,8 % ni tashkil etdi.