Joriy yilning 10- sentabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida Tanlov komissiyasi a’zolari uchun o‘quv - seminar tashkil etildi. Tadbirda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali mutaxassislari hamda Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.
Ishtirokchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ushbu o‘quvda filial mutaxassislari tomonidan vakant lavozimlar bo‘yicha ochiq tanlovlarni o‘tkazish, nomzodlarni malaka talablari bo‘yicha saralashda shaffoflikni ta’minlash, tanlov yakunlari bo‘yicha hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish yuzasidan tushunchalar berildi.
Yakunida amaliyotda uchrab turgan muammolar bo‘yicha o‘zaro savol-javob qilindi.