16/09/2024

Joriy yilning 14- sentabr kuni Yangiqo‘rg‘on tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limida "1 – umumta’lim shakli (yillik) statistika hisobotini topshirish tartibi" mavzusida seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda Namangan viloyati statiska boshqarmasining Ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassislari hamda Yangiqo‘rg‘on tumanida 1 – umumta’lim shakli (yillik) statistika hisobotini taqdim etuvchi umumta’lim muassasalari rahbarlari hamda mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda, Ijtimoiy soha statistika bo'limi boshlig'i Rahmatilla Yunusov tomonidan 2024-2025 – o‘quv yili boshiga statistika organlariga taqdim etiladigan 1– umumta’lim shakli (yillik) statistika hisobotini e-Stat 4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuborish tartiblari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlari haqida tushunchalar berdi.

Ushbu seminardan ko'zlagan asosiy maqsad shuki, respondentlar tomonidan hisobot taqdim etilishida qulayliklar yaratish, hisobot ma'lumotlarini eStat 4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish va elektron taqdim etishda yuzaga keladigan savollarga javob berish, shuningdek tushunmovchiliklar oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarning oldini olish hamda statistika hisobotlarini to‘liq va o‘z vaqtida qabul qilib olinishini ta'minlashdir.

Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.