2024- yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyatida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 713,5 mlrd so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 126,9 % ga yetgan.
Ta’lim sohasidagi xizmatlar umumiy hajmida Namangan shahrinig ulushi 76,2 % ga va Uychi tumanining ulushi 5,2 % ga to‘g‘ri kelmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 2024- yilning o‘tgan davrida ta’lim sohasidagi xizmatlarning bozor xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 6,1 % ni tashkil etdi.