2024- yilning yanvar-iyul oylarida 19,5 ming nafar Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,5 ming nafarga yoki 77,2 % ga oshgan.
2024- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Italiya fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
dam olish – 17 767 nafar;
xizmat yuzasidan – 866 nafar;
qarindoshlarni yoʻqlash – 807 nafar;
oʻqish – 68 nafar;
tijorat – 9 nafar;
davolanish – 1 nafar.