2024- yilning 1- avgust holatiga Namanganda jami faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 22 113 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 1 530 tani tashkil etgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 488 ta
- sanoat sohasida – 283 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 247 ta
- qurilish sohasida – 223 ta
- tashish va saqlash sohasida – 113 ta