17/09/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylarida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 214,0 million AQSH dollarini yoki jami importning 61,2 % ini tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) importining jami importga nisbatan eng yuqori ulushi Mingbuloq, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida – 100,0 %, Norin tumanida – 97,5 %, Pop tumanida – 95,7 %, Uychi tumanida – 95,2 %, Uchqo‘rg‘on tumanida – 84,0 % va Kosonsoy tumanida – 75,5 % ni tashkil etdi.