18/09/2024

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyatida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan 2 359,4 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 303,7 mlrd so'mga ko'paygan. 

Viloyatimiz bo‘yicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 15,9 % ni tashkil etdi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalari tomonidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmdagi ulushi yuqori bo'lgan hududlar:

🔹 Chortoq - 58,5 %,
🔹 Uchqo'rg'on - 41,2 %,
🔹 Chust - 38,0 %,
🔹 Pop - 19,5 %,
🔹 Uychi - 17,5 %ni tashkil etgan.