18/09/2024

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Kosonsoy tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 62,6 mln AQSH dollarini tashkil etib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 109,3 % ga yetgan.

Savdo aylanmasida eksport hajmi 48,5 mln AQSH dollarini, import hajmi esa 14,1 mln AQSH dollarini tashkil etgan. Viloyat bo'yicha tashqi savdo aylanmasida mazkur hududning qo'shgan ulushi 8,7 % ga to'g'ri kelmoqda.