Joriy yilning 1- sentabr holatiga Davlatobod tumanida jami 2039 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shundan, 1 689 tasi tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Eng ko‘p korxonalar savdo sohasida 511 ta, sanoatda 437 ta hamda qrilish sohasida 131 ta faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 2024 yilning yanvar-avgust oylarida 243 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.