20/09/2024

2024- yilning 1- sentabr holatiga Davlatobod tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 437 tani tashkil etib, ular tomonidan jory yilning yanvar-avgust oylarida 1 trln 719,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqrilgan. Bu esa 2023- yilnining mos davriga nisbatan 204,3 mlrd so‘mga ko‘p demakdir. Aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan sanoat mahsulotlari hajmi 10 mln 728,9 ming so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,9 % ga yetgan. Viloyat bo‘yicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda Davlatobod tumanining qo‘shgan hissasi 10,2 % ga to‘g‘ri kelmoqda.