23/09/2024

2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami 5 040,5 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 721 ming nafarga yoki 16,7 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

Tojikiston – 1 471,5 ming nafar;

Qirgʻiz Respublikasi – 1 450,3 ming nafar;

Qozogʻiston – 1 022 ming nafar;

Rossiya – 535,1 ming nafar;

Turkmaniston – 102,9 ming nafar;

Turkiya – 72,9 ming nafar;

Xitoy – 42 ming nafar;

Hindiston – 39,1 ming nafar;

Janubiy Koreya – 28,2 ming nafar;

Italiya – 25,2 ming nafar;

boshqa davlatlar – 251,3 ming nafar.

23_09_2024-nehbcnbr-maksadda-kelganlar-2_p55436