2024- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimiz bo‘yicha avtomobil transportida 2,2 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish surati 2023- yilning mos davriga nisbatan 117,4 foizga yetgan. Hududlar kesimida eng ko‘p xizmatlar Namangan shahrida 642,1 mlrd so‘mni, Chust tumanida 210,5 mlrd so‘mni hamda Uychi tumanida 157,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.