2024- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha 1453 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-avgust oylarida 4 trln 875,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
O‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 107,0 % ni tashkil etdi.
Qurilish ishlari hajmining tarkibi % da;
yirik qurilish tashkilotlarining ulushi - 7,0 %,
norasmiy sektor - 32,5 %
kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 60,5 % ni tashkil etgan.