2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan shahrida 5,7 trln so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 114,7 % ni tashkil etdi. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p xizmatlar savdo, transport va moliyaviy sohalarda ko‘rsatilgan. Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 8 mln 118,9 ming so‘mni tashkil etgan. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 49,1 foizga to‘g‘ri kelmoqda.