Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan «Statistika asoslari» bo‘yicha shartnoma asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari iqtisodchi xodimlari uchun Namangan viloyatining Namangan shahrida shu yilning 25–27- sentabr kunlariga mo‘ljallangan qisqa muddatli sayyor o‘quv kursi boshlandi.
Ta’kidlash lozimki, Prezidentimizning 2024- yil 4- martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 32-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʻminlash, hisobot topshiruvchilar shu jumladan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik subyektlari, korxona va tashkilotlar xodimlarining savodxonligini oshirish maqsadida Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqottar instituti tomonidan “Statistika asoslari” kursini tashkil etish va o‘tkazish reja - jadvali” tasdiqlangan.
Mazkur reja - jadvalga muvofiq va Statistika agentligi hamda Namangan viloyati hokimligining bevosita ko‘magida sayyor o‘quv kursi shu yilning 25- 27 sentabr kunlari respublikamizning eng salohiyatli va nufuzli hududlaridan biri hisoblanadigan Namangan viloyatining barcha bo‘g‘indagi hokimliklari va viloyat tashkilotlari iqtisodchi xodimlari uchun sayyor kurs tarzida tashkil etildi va o‘tkazilmoqda.
O’quv kursi ishtirokchilari Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti professor - o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan tegishli o‘quv va tarqatma materiallar, shuningdek, 2023- yil yanvar - dekabr holatiga tarmoqlar va hududlar ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishining tahliliy statistik ma’lumotlari bilan ta’minlanadi va kurs yakunida ularga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.