2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatida amalga oshirilgan qurilish va bunyodkorlik ishlari hajmi 4,9 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 107,0 % ga yetgan. Hududlar kesimida eng ko‘p qurilish ishlari Namangan shahrida 1,5 trln so‘mni, Uychi tumanida 574,1 mlrd so‘mni hamda Kosonsoy tumanida 364,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.