2024-yilning yanvar-avgust oylarida jami 74,7 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 34 ming nafarga yoki 83,6 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:
Tojikiston — 57 380 nafar;
Qozogʻiston — 8 542 nafar;
Qirgʻiz Respublikasi — 6 704 nafar;
Rossiya — 1 299 nafar;
Turkmaniston — 672 nafar;
Turkiya — 27 nafar;
Afgʻoniston — 20 nafar;
boshqa davlatlar — 84 nafar.