2024- yilning yanvar-avgust oylarida Chortoq tumani xorijiy davlatlardan qiymati 37,3 mln. AQSH dollari miqdorida tovarlar importini amalga oshirgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 6,3 mln AQSH dollariga ko‘paygan. Viloyat bo‘yicha jami import hajmining 8,1 % i mazkur hudud hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.