Joriy yilning 26- iyul kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan 2024- yilning iyul oyi davomida (Lex.uz tizimiga kiritilgan) Oʻzbekiston Respublikasining 3 ta yangi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27 ta Farmon va Qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 39 ta qarorlari qabul qilinganligi haqida boshqarma xodimlariga maʼlumot berildi.
Seminarda, yangi qabul qilingan qonun hujjatlari va ularning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar ham berish bilan birga ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga javoblar berib oʻtildi.
Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.