Avval xabar berganimizdek, Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan «Statistika asoslari» bo‘yicha shartnoma asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari iqtisodchi xodimlari uchun Namangan viloyatining Namangan shahrida shu yilning 25–27- sentabr kunlariga mo‘ljallangan qisqa muddatli sayyor o‘quv kursi oʻtkazilmoqda.
Mazkur o‘quv seminarda "Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning dinamika qatorlari usulidagi statistik tahlili. Dinamika qatorlarida tendensiyalami aniqlash usullari", "itimoiy-iqtisodiy jarayonlarning iqtisodiy indekslar usulidagi statistik tahiili. Agregat va garmonik indekslarning qo'lianishi", "O'zbekiston Respublikasi milliy statistika tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish, statistik hisobotlar shakllari, ularni topshirishga oid axborot tizimi (E-stat 4.0), rasmiy statistika ko'rsatkichlarini e'lon qilish va "statistika" integratsiyalashgan axborot tiziml haqida ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, o’quv kursi ishtirokchilari Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti professor - o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan tegishli o‘quv va tarqatma materiallar, shuningdek, 2023- yil yanvar - dekabr holatiga tarmoqlar va hududlar ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishining tahliliy statistik ma’lumotlari bilan ta’minlanadi va kurs yakunida ularga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.