27/09/2024

2024- yilning yanvar-avgust oylarida To‘raqo‘rg‘on tumanida 844,4 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 110,3 % ni tashkil etdi. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda savdoda 315,8 mlrd so‘m, transport xizmatlari 143,4 mlrd so‘m, moliyaviy xizmatlar 74,7 mlrd so‘m, aloqa va axborotlashtirish 48,6 mlrd so‘m, ta’lim sohasidagi xizmatlar 28,6 mlrd so‘m, yashash va ovqatlanish 9,7 mlrd so‘m, sog‘liqni saqlash 29,3 mlrd so‘m, va boshqa sohalada 168,5 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.