27/09/2024

2024- yilning 1- sentabr holatiga Yangi Namangan tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 437 tani tashkil etib, ular tomonidan jory yilning yanvar-avgust oylarida 2 trln 256,2 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqrilgan. Bu esa 2023 yilnining mos davriga nisbatan 570,5 mlrd so‘mga ko‘p demakdir. Aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan sanoat mahsulotlari hajmi 13 mln 845,3 ming so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 130,3 % ga yetgan. Viloyat bo‘yicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda Yangi Namangan tumanining qo‘shgan hissasi 13,4 % ga to‘g‘ri kelmoqda.